Fidem Corp xizmatlari oddiy konsultatsiya emas. Bu kompaniyaning sotuv va marketing tizimini audit qilish,
strategiya ishlab chiqish, jarayonlarni tizimlashtirish, jamoani o‘qitish va natijani amalda kuzatib borish modelidir.
Sotuv va marketing bo‘limlarini chuqur tahlil qilish quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi va tizimni real holatda baholashga fokus qaratadi:
Natija Kompaniya qayerda pul yo‘qotayotgani, qaysi jarayonlar ishlamayotgani va qaysi yo‘nalishlarda o‘sish imkoniyati borligi aniq ko‘rinadi.
Ushbu xizmat kompaniyaning bozordagi real holatini, raqobatchilar kuchini va o‘sish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan strategik tahlildir.
Natija Kompaniya bozorda qayerda turganini, kim bilan raqobat qilayotganini, mijoz nimani xohlayotganini va qaysi strategiya orqali kuchli ustunlik olish mumkinligi aniqlanadi.
Bu xizmat sotuv bo‘limini odamga bog‘liq emas, tizimga bog‘liq ishlaydigan holatga keltirish uchun kerak.
Natija Sotuv bo‘limi tartibli, raqamlarda o‘lchanadigan va boshqariladigan tizimga aylanadi.
Strategiya mahsulot yoki xizmatini qanday sotish, kimga sotish va qanday natijaga chiqish kerakligini belgilab beradi.
Natija Kompaniya tasodifiy sotmaydi, aniq segment, aniq taklif, aniq reja va aniq konversiya modeli asosida ishlaydi.
Bu xizmat marketing bo‘limini faqat kontent chiqaradigan yoki reklama yoqadigan bo‘lim emas, balki sotuvga real ta’sir qiladigan biznes funksiyaga aylantiradi.
Natija Marketing bo‘limi ijodiy, lekin nazoratsiz ishlaydigan bo‘lim emas, balki natija, raqam va sotuvga bog‘langan tizimga aylanadi.
Bu xizmat kompaniyaning bozorda qanday ko‘rinishi, qanday xabar berishi, qaysi auditoriyani jalb qilishi va qanday sotuv natijasiga xizmat qilishi kerakligini belgilaydi.
Natija Marketing faqat chiroyli post yoki reklama emas, balki brend, lead, ishonch va sotuvga xizmat qiladigan strategik tizimga aylanadi.
Xalqaro kompaniyalar buni odatda Capability Building deb ataydi. Jamoangizni amaliy tayyorlash darslari.
Natija Sotuv xodimlari faqat mahsulot haqida gapiradigan emas, balki mijozni tushunadigan, ishonch uyg‘otadigan va sotishni biladigan professional sotuvchilarga aylanadi.
Bu Fidem Corp’ning eng chuqur va kompleks xizmati bo‘lib, bunda kompaniya faqat maslahat bermaydi, balki mijoz biznesining sotuv va marketing yo‘nalishini amalda boshqarishda hamkor sifatida ishtirok etadi.
Natija Biznesingiz yolg‘iz qolmaydi. Sotuv va marketing bo‘yicha strategik hamkor, tashqi boshqaruv va amaliy qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladi.
Ma'lumotlaringizni qoldiring, mutaxassislarimiz siz bilan tez orada bog'lanishadi.